Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy san’atning noyob olami
10:10 / 2025-02-03

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Diyor Roziqovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. “Mexanizm” deb nomlangan ko‘rgazma tomoshabinni zamonaviy san’atning noyob olamiga olib kiradi. Bu yerda tajribalar va yangilik izlash ijodiy jarayonning asosiy tamoyiliga aylanadi.

Diyor Roziqov 2008 yili O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi qoshida tuzilgan «5+1» ijodiy guruhining a’zolaridan biri. Uning asarlari o‘zining g‘ayritabiiyligi va chuqur ma’nosi bilan san’at ixlosmandlarini o‘ziga jalb etadi. Uning ijodiy konsepsiyasi shaxsiy dunyoqarashiga asoslangan bo‘lib, bu jasoratli va original badiiy yechimlarda o‘z aksini topgan. Ijodkor o‘z asarlarida oson yo‘lni qidirmaydi yoki oldindan belgilangan yo‘ldan bormaydi. Uning san’ati — bu yangi izlanishlar, oddiylikdan voz kechish, olam va o‘zini anglashga intilishdir. U texnik usullar, materiallar va fakturalar bilan tajriba o‘tkazib, deyarli har doim mato va moybo‘yoqdan foydalanib, nafaqat kartinalar, balki makon bilan ham ishlaydi, o‘ziga xos shakl va ta’sirchan kompozsiyalar yaratadi. Har bir asar bu chaqiriq, g‘ayrioddiy va jasur yechim bo‘lib, tomoshabindan mushohada va fikr yuritishni talab qiladi.

[gallery-21568]

“Mexanizm» — san’atning murakkab o‘zaro ta’sir mexanizmini, uning qabul qilinishi va amalga oshirilishini ifodalaydi. Reallashgan g‘oya mexanizmning g‘ildiragi singari aylanib, yangi g‘oyani tug‘diradi, keyin yana birini, va bu jarayon cheksizdir. Har bir asar tomoshabinga yangi nuqtai nazarni ochadi, odatiy narsalarga kutilmagan rakursdan qarashga majbur qiladi. Diyor Roziqovning zamonaviy san’atga bo‘lgan cheksiz qiziqishi, o‘z mahoratlarini takomillashtirishga intilishi va turli ilhom manbalari har bir ko‘rgazmani o‘ziga xos qiladi.  

Ko‘rgazma 2025 yil 31 yanvardan 22 fevralgacha O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tadi.

«O‘zmilliybank» AJ

Matbuot xizmati