Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy robototexnika markazi ochildi
15:58 / 2025-10-27

Bugun ta’lim tizimida zamon bilan hamqadam bo‘lish, yoshlarni yangi texnologiyalar olamiga olib kirish muhim ahamiyat kasb etayotgan bir paytda Yangiyer shahrida yana bir quvonarli yangilik ro‘y berdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali tashabbusi bilan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida zamonaviy “Robototexnika markazi” foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar Hakimov, shuningdek, o‘qituvchilar, talabalar va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Markazda robototexnika va dasturlashni chuqur o‘rganish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Chunki markaz yuqori quvvatli kompyuterlar, virtual laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus jihozlar bilan ta’minlangan. Eng muhimi, bu yerdagi mashg‘ulotlar an’anaviy darslardan farqli ravishda amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Filial talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan kurslar orqali maktab o‘quvchilari ilmiy-tadqiqot usullarini, murakkab texnik jarayonlarni tushunish va modellashni o‘rganadilar.

Tadbir davomida yana bir esda qolarli voqea yuz berdi — Yangiyer shahar hokimligi maktab kutubxonasiga 350 ta yangi kitob topshirdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri