Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy rahbar kompetensiyalarini aniqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik
14:08 / 2024-12-14

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.  

Ikki mamlakatning hamkorlik yo‘nalishlari, istiqbollari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati, ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berildi.  

Ayni damda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan “Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.    

2025 yilda USAID loyihasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.  

Muloqot davomida nomarkazlashtirish, hududlarni rivojlantirishda xalq fikrini o‘rganish va tahlil qilish, zamonaviy rahbar kompetensiyalarini aniqlash hamda rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.  

N.Abduraimova,

O‘zA