Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy quyosh panellari o‘zimizda ishlab chiqariladi
16:21 / 2022-10-01

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Singapurning yirik kompaniyasi investitsiya loyihasi asosida zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur korxona 2024 yilda foydalanishga topshiriladi. Bu 280 ta yangi ish o‘rni yaratish, import o‘rnini bosuvchi 160 milliard so‘mlik 2 ming dona zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ma’lumki, viloyatda so‘nggi yillarda energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022 yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 173 milliard so‘m bo‘lgan 5 ta loyiha ishga tushirildi.  Bundan tashqari 12 million dollar sarmoya evaziga viloyatda kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona ish boshladi. Mazkur loyiha to‘la quvvatda ishlasa 300 ga yaqin kishi ishli bo‘ladi.

A.Musayev,O‘zA.