Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy, qulay va foydali
17:58 / 2015-08-25

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 27-iyundagi O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori axborotni muhofaza qilish va telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish, elektron hujjat aylanishini tatbiq etishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, aholining kundalik faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilayotgan e’tibor samarasida barcha sohalarga ish yuritishning elektron ko‘rinishi kirib bormoqda. Bu boradagi keng ko‘lamli vazifalar ijrosini ta’minlash, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan “Vinosanoatinfoservis” unitar korxonasi tashkil etildi. 

AKTni faol qo‘llash asosida kompaniyada tezkor va qulay davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi oshmoqda. Internet tarmog‘ida kompaniyaning www.vinasanoat.uz sayti yaratilgan bo‘lib, undagi ma’lumotlar muntazam yangilab borilmoqda. Natijada yuridik va jismoniy va shaxslarning xolding faoliyati haqida ma’lumot olish, rahbariyat qabuliga yozilish, korxonalarni litsenziyalash tartibiga oid va boshqa ma’lumotlar olish imkoniyati kengaydi. 

Tadbirda kompaniyada qo‘llanilayotgan zamonaviy dasturlar savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tranzaksion xarajatlarni ancha kamaytirib, elektron tijorat subyektlarining bir-biridan uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish, sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish, tarmoqda operatsiyalarning shaffofligini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. 

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.