French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy oqova suv tizimi barpo etiladi
20:21 / 2026-01-30

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 21 sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Guliston va Sayxunobod tumanlari hamda Yangiyer shahrida ichimlik suv ta’minotini hamda 5 ta tuman markazlarida oqova suv ta’minotini yaxshilash chora‑tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha Guliston tumani markazida zamonaviy kanalizatsiya tizimini barpo etish ishlari rejalashtirilmoqda. Mazkur loyiha Jahon bankining 7,5 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bugungi kunda loyihani amalga oshirish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining “AIM Texas Trading, LLC” (AIMONG) kompaniyasi bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolangan. Shartnomaga asosan tuman hududida 36 415 metr uzunlikda kanalizatsiya tarmog‘i, 4 ta yer osti nasos stansiyasi va 1 ta zamonaviy oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi ko‘zda tutilgan.

Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev Xitoyning yirik kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazib, qurilish bosqichlari, moliyalashtirish masalalari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish, qurilish jarayonida ekologik talablarga qat’iy rioya etish va aholi uchun qulay, ishonchli infratuzilma yaratish bo‘yicha kelishib oldilar.

E’tiborli jihati, mazkur loyiha 2024 yil mart oyida “AIM Texas Trading, LLC” bilan tuzilgan shartnoma asosida trassalar optimallashtirilgan va texnik topshiriqlar asosida ishlab chiqilgan.

Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, Guliston tumani aholisi va ijtimoiy ob’ektlar zamonaviy, qulay va xavfsiz kanalizatsiya infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu nafaqat sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilaydi, balki mahalliy infratuzilmani modernizatsiya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda turizm va tadbirkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri