Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy mikroavtobuslar aholi xizmatida
15:20 / 2020-03-11

Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan “Buxara jemchujina trans” MCHJ tomonidan aholiga namunali transport xizmatini koʻrsatish, sayyohlarning transportga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi va zamonaviy mikroavtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.


Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan “Buxara jemchujina trans” MCHJ tomonidan aholiga namunali transport xizmatini koʻrsatish, sayyohlarning transportga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi va zamonaviy mikroavtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Jamiyat tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” viloyat filiali kredit liniyasi hisobiga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 11 dona “JAC Sunray” rusumli zamonaviy mikroavtobus olib kelindi. Bu ulovlar yoʻlovchi tashishda va ichki turizm tarmogʻida foydalanishga xizmat qiladi.

Shaharning Ark qoʻrgʻoni oldida mikroavtobuslar taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Unda tegishli tashkilotlarning mutasaddilari, sayyohlik kompaniyalari xodimlari, tadbirkorlar, “JAC MOTORS” kompaniyasining respublikamizdagi rasmiy dilleri vakillari, turizm va transport xizmati koʻrsatuvchi korxonalar rahbarlari qatnashdi.

Marosimda soha vakillari soʻzga chiqib, mamlakatimizda, jumladan viloyatda aholiga zamonaviy transport xizmati koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi. Shuningdek, bu borada tijorat banklari tomonidan berilayotgan imtiyozlarning afzalligi yigʻilganlarga qiziqish uygʻotdi. Kelgusida aholiga namunali transport xizmatini koʻrsatish borasida tadbirkorlar tomonidan yana-da koʻplab xayrli ishlarni amalga oshirish choralari koʻrilishi aytib oʻtildi. Bu borada rasmiy diller bilan kelishuvlar toʻgʻrisida ham atroflicha maʼlumot berildi.