Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy media mahsulot yaratish masalasi muhokama etildi
10:04 / 2024-02-01

Madaniyat vazirligida vayner, yutuber va blogerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, Madaniy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jamshidbek Niyozbekov yig‘ilganlarga Prezident qarorlarida ko‘zda tutilgan loyihalar xususida ma’lumot berdi.

Jumladan, Prezidentimizning “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi  qarorida taniqli ijodkorlar va yoshlar o‘rtasida milliy askiya va qiziqchilik san’atini ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilishga mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinishi belgilangan.  

Eng ko‘p ko‘rilgan hamda ijobiy reaksiya olgan asarlarning mualliflari Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi va “Xush kayfiyat” respublika tanlovi hamda “Tabassum” xalqaro kulgi festivalining tantanali ochilish va yopilish marosimlariga ishtirokchi sifatida taklif etiladi.  

Prezidentimizning “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qaroriga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab “Madaniyat to‘lqinlari” media loyihasi doirasida ijtimoiy tarmoqlarda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va an’analar kabi umuminsoniy ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda media makonni ushbu mavzudagi materiallar bilan boyitish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023 yilning 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan Madaniyat vazirligining  “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Uning 9-bandida olim va ijodkorlar, ziyoli va ishbilarmonlar, ma’naviy-ma’rifiy sohaning yetuk namoyandalari, ta’lim-tarbiya jonkuyarlarining ilg‘or qarashlarini keng targ‘ib qilish, ishlarini zamon talablariga mos kuchaytirish maqsadida ijtimoiy roliklar tayyorlash, ularni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish ko‘zda tutilgan.  

Yig‘ilish bayonining 38-bandida har chorakda bir marta yosh teatr va kino ijodkorlari, san’atshunoslar, rassomlar va boshqa ijodkorlar bilan uchrashuv hamda davra suhbatlari o‘tkazish yuzasidan “Ma’naviyat klubi” tashkil etilishi vazifa etib belgilangan.  

Yig‘ilishda yutuberlar bilan birga, ayni yo‘nalishda loyihalarni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, mavzu bo‘yicha qiziqarli videopodkastlar yaratish istagida bo‘lgan ijodkorlarga bu borada kerakli barcha yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.  

So‘zga chiqqanlar vazirlikning tashabbusini olqishlab, hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.  

N.Usmonova, O‘zA