English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy markaz o‘quvchilar ixtiyorida
16:39 / 2020-11-07

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi matematika maktabida raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi.

– Markaz aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun sharoit yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi qiziqishini yanada rivojlantirish orqali  tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida tashkil etildi, –deydi tuman hokimining o‘rinbosari M.Muhammedov. –  Mazkur loyiha “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirishga qaratilgan.  

— Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini tashkil qilishdan asosiy maqsad, yoshlarni kompyuter, robototexnika, kiber sport va dasturlash yo‘nalishida savodxonligini oshirish bilan birga, shu joyning o‘zida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va kelajakda bu mahsulotlarni xorijga eksport qilishdan iborat,  – deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Buxoro viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Furqat Muradov. – Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish bilan birga hudud iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shishdan iborat.  

Mazkur o‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan tashkil qilindi. 121 million so‘mlik axborot kommunikatsiya texnikalari bilan ta’minlandi. Barcha o‘quv xonalari yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulandi.  

— O‘quv markazimiz dasturi oddiy kompyuter savodxonligidan loyihalar yaratishgacha bo‘lgan bosqichlardan iborat, — deydi maktab deriktori Valijon Sulaymonov. 

— Bu yerda dasturlash, robototexnika va kibersport uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Markazda yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilar ko‘nikmalarini oshirish maqsadida qo‘shma loyihalar, shuningdek, Buxorodagi markaz rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.