French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy ma’rifat: yangi nigoh, kreativ yondashuv
12:57 / 2026-02-27

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Zamonaviy ma’rifat: yangi nigoh, kreativ yondashuv” mavzusidagi respublika seminarining birinchi kuni Toshkent viloyatidagi “Yoshlar oromgohi”da o‘tkazildi.

Loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan 110 nafar ekspert, olim va soha mutaxassisi ishtirok etmoqda. Birlashma dasturi Strategik tahlil, raqamli transformatsiya, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy psixologiya va loyihaviy boshqaruv kabi qiziqarli,  ham dolzarb mavzularni qamrab oladi.

– Biz uch ming yillik tariximiz davomida nimaga erishgan bo‘lsak — ziyolilarimizning birlashgani tufayli, nimaga erisha olmagan bo‘lsak — ularning tarqoqligi sababli bo‘ldi, – dedi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ekspertlar kengashi raisi, tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov. – Millatning gullari ziyolilar bo‘lsa, ziyolilarning gullari ma’rifat targ‘ibotchilaridir. Negaki, targ‘ibotchi bilimni xalq ongiga yetkazadi, g‘oyani harakatga aylantiradi. Zamonaviy targ‘ibotchi zamon nafasini his qiladigan, islohotlarga chetdan kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. Targ‘ibotchi odamlarni o‘zining ortidan ergashtira olishi, bugungi kun islohotlarini o‘zi avvalo, his qilishi va uni boshqalarga yetkaza olishi kerak. Targ‘ibotchi quyoshdir, u tinglovchini isitishi, ularga nur, ziyo berishi kerak. 

Loyiha davomida  Yangi O‘zbekiston g‘oyalarini targ‘ib qilish va global geosiyosiy jarayonlarni tahlil qilish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.  

Ishtirokchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashib, ko‘pchilik huzurida nutq so‘zlashning psixologik jihatlari, vaqtni boshqarish (taym-menejment) hamda stressga chidamlilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.

Bundan tashqari, seminar davomida zamonaviy mediamakonda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish usullari o‘zlashtiriladi. Iijtimoiy loyihalar konsepsiyasini yaratish va ularni hayotga tatbiq etish texnologiyalari bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus treninglarda o‘z bilimlarini mustahkamlaydi.

Shuningdek, loyiha davomida ishtirokchilar uchun ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega “Fonus” va “Chegara” qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi.                                         

N.Usmonova, O‘zA