Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
17:06 / 2022-10-31

Buxoro viloyati Romitan tumani “Attaron” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tashkil etilgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Investitsiya dasturi asosida “Bobir Asadbek Temur” MCHJ rahbari Tolib Ikromov tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilgan muassasaning loyiha qiymati 3 milliard 583 million so‘mni tashkil etdi. Foydalanishga topshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha qulayliklar yaratilgan, guruh xonalari talab darajasida jihozlangan, barcha sharoitlar muhayyo.

Tumanda jami 150 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud. Ulardan 33 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 10 tasi davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan. 107 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Hozirgi kunda tumanda 3-7 yoshli bolalar soni 11 ming 828 nafar bo‘lib, 5 ming 768 nafari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, 896 nafari davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, 3 ming 144 nafari oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, jami 9 ming 808 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar MTMga qamrab olingan.

Zarif Komilov, O‘zA