English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy maktab o‘quvchilar ixtiyorida
11:10 / 2023-12-18

Ichki ishlar vazirligi homiyligiga berilgan Buxoro shahridagi 24-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internati dastlab 1953 yilda to‘liqsiz o‘rta ma’lumot beruvchi maktab-internati sifatida tashkil qilingan. Maktab ish boshlagan birinchi o‘quv yilida 7 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 287 nafarga yetdi.  

Joriy yilda davlat dasturi doirasida mazkur ta’lim muassasasi uchun 324 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurildi. 150 o‘rinli oshxona va 200 o‘rinli yotoqxona kapital rekonstruksiya qilindi. Ushbu loyiha uchun 13 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Endilikda “Nurli maskan” zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lish bilan bir qatorda har tomonlama qulay sharoitga ega bo‘ldi. Shuningdek, ta’lim muassasasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligi maydonchasi qurib berildi.  

Muassasa tashkil etilganligining 70 yilligi hamda yangi binoning ochilish marosimida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, ta’lim dargohi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda mehnat faxriylari qatnashdi.  

Tadbir davlatimiz rahbari boshchiligida sog‘lom bolalar qatorida, imkoniyati cheklangan bolalarning ham sifatli ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rinini topishiga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  

Shundan so‘ng, mehmonlar yangi binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.