Buxoroda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Mazkur treninglar maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan. Shuningdek, umumta’lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta’lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
Respublika bo‘ylab 7-10 fevral kunlari o‘tkaziladigan tadbirda 10 ming 104 nafar maktab direktorlari qatnashmoqda.
[gallery-10485]
– Buxoro viloyatidagi 530 ta umumta’lim maktabi direktorlari o‘zlarining hududlaridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan seminar-treningda qatnashmoqda, – deydi Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov. – Buxoro shahri hamda Qorovulbozor tumani umumta’lim maktablari direktorlari Buxoro shahridagi Prezident maktabidagi seminar-treningda liderlik salohiyatini oshirmoqda. Treninglarda ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi ustuvor maqsad va yangicha yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berilyapti.
Treninglar Qoraqalpog‘iston, hududlar va Toshkent shahrida bir vaqtda bo‘lib o‘tyapti.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA