Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy kardiologiya muammolari yechimida innovatsion yondashuv muhim o‘rin tutadi
15:25 / 2024-05-15

Poytaxtimizda O‘zbekiston kardiologlarining «Zamonaviy kardiologiya muammolari yechimida innovatsion yondashuv» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiyada mahalliy mutaxassislar bilan birga AQSH, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Avstraliya, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Rossiya kabi xorijiy davlatlardan kelgan 50 nafarga yaqin olimlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. A.Xudayarov barchani ushbu nufuzli anjumandagi ishtiroki bilan qutladi.

Konferensiyada kardiologiyaning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish, yurak-qon tomir kasalliklari birlamchi profilaktikasi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, yuqori texnologik amaliyotlar va tibbiy reabilitatsiya kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

– Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad zamonaviy kardiologiya muammolariga innovatsion yondashuvlarni joriy etishdir, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov. – Sohaga doir xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, eng so‘ngi yutuqlar haqidagi bilimlar shifokorlarimizning xalqaro tajribadan xabardorlik darajasi oshishiga va bu, o‘z navbatida, bemorlar salomatligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Konferensiya ishi ertaga ham davom etadi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA