Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy jihozlangan klinika aholi xizmatida
12:21 / 2021-10-22

Namangan viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, tibbiyot sohasida xususiy sektorning ulushini oshirishda “O‘zmilliybank” AJning amaliy yordami muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Namangan shahri “Lola” dahasidagi “Doktor-A” mas’uliyati cheklangan jamiyati bankning moliyaviy ko‘magida samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur shifo maskani zamonaviy, yuqori texnologiyali, kuchli diagnostika va davolash resurslariga ega bo‘lgan, o‘z sohasining malakali mutaxassislarini jamlagan tibbiy markaz hisoblanadi.

Klinikada nevrologiya, endokrinologiya, ginekologiya, gastroyenterologiya, urologiya, otorinolaringologiya, stomatologiya, kardiojarrohlik yo‘nalishlarida 30 dan ortiq tajribali shifokorlar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

– “O‘zmilliybank” AJ tomonidan berilgan 1 million 363 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga xorijdan MRT, raqamli rentgen, raqamli UZI apparatlari, LOR-kombayn kabi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar sotib olindi, – deydi klinika direktori, oliy toifali xirurg Tolibjon Mamadumarov. – 2019 yilga qadar faqat diagnostika bilan shug‘ullanilgan bo‘lsa, bank ko‘magidan keyin neyroxirurgiya, nefropotologiya, kardioxirurgiya, lapostopik xirurgiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Joriy yilning o‘tgan davrida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 80 ga yaqin jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Klinikaning ishchi-xodimlari soni 62 nafardan 132 nafarga ortdi.

– Salomatligim bilan bog‘liq muammolarni aniqlash uchun ko‘p davolash muassasalariga bordim, ammo aniq tashxis qo‘yilmadi, – deydi Norin tumani Haqqulobod shaharchasida yashovchi Maftuna Rahmatullayeva. – "Doctor-A" klinikasida tez va aniq tashxis qo‘yildi. Ayni paytda malakali shifokorlar tavsiyalari asosida davolanyapman. Klinika xizmatlaridan behad mamnunman.

Darhaqiqat, "Doctor-A" tibbiyot markazining xizmatlaridan Maftuna singari kuniga 400 ga yaqin bemor foydalanishi mumkin. Klinika qoshidagi 100 dan ortiq o‘ringa ega statsionar poliklinika ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA