Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy issiqxonalar ish o‘rni va eksportni ta’minlashda katta manba
17:38 / 2021-01-22

Fotoreportaj

Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi 2019 yilda ish boshlagan bo‘lib, hozirgi kunda zamonaviy agrosanoat majmuasiga aylanmoqda.

Avval bu yerda faqat issiqxona bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uning yonida o‘quv markazi, laboratoriya hamda issiqxonalar uchun konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilmoqda. Ya’ni, zamonaviy issiqxonalar uchun nimaiki kerak bo‘lsa, shu yerda tayyorlanadi.

Ma’lumki, Buxoro viloyatining ko‘p yerlari sho‘rxok va qumloq, suv esa tanqis. Bunday joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun gidroponika usuli juda qulay. Shu bois 2018 yil 10 iyuldagi Prezident qarori bilan «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan edi. Bu zona uchun Jondor, Kogon, Peshku, Romitan va Buxoro tumanlaridan 3 ming gektar yer ajratildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilib, klaster tizimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish uchun keng sharoit yaratildi.

[gallery-881]

«Buxoro Varnet» korxonasi ham ana shu imkoniyatlar samarasi. Loyihaning umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bo‘lib, bu mablag‘ning hammasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etadi.

bugungi kungacha 10 million dollar tashqi investitsiya o‘zlashtirilib, 13 gektar maydonda issiqxona qurib bitkazildi, 260 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Yana 17 gektarda qurilish ishlari davom etmoqda.

 

 

O‘zA fotomuxbiri

A’lo Abdullayev olgan suratlar.