Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy hisoblagich ortidagi muammolar
15:49 / 2022-08-08

Zamonaviy dunyoda elektr energiyasini hisob-kitob qiluvchi yangi qurilmalar qulayliklar bilan birga ayrim muammolarni ham yuzaga keltirmoqda.

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste’molchi L. xuddi shunday muammo bilan murojaat qilgan. U murojaatida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yuklatilgan 1 366 052 so‘m qarzdorlikni aslida to‘laganini, shunga qaramay, unga qarzdorlik belgilanib, ish MIBga oshirilganini aytgan.

Oqibatda MIB xodimlari asossiz qarzdorlik yuzasidan bir necha bor fuqaroning tinchini buzadi.

Masala elektr ta’minoti idorasi xodimlari bilan o‘rganilganda, xonadonga yangi ASKUE elektron hisoblagich o‘rnatilgani, qarzdorlik mavjud bo‘lganida avtomatik tarzda tarmoqdan o‘chish tizimiga ulangani ma’lum bo‘ldi.

Biroq hisoblagichga tashqi aralashuv yo‘li bilan dastak qo‘yib olinib, avtomatik tarzda o‘chmaydigan qilib qo‘yilgan. Bu esa foydalanilgan elektr energiyasidan 1 366 052 so‘m qarzdorlikka solishtirma dalolatnoma tuzishga sabab bo‘lgan.

Iste’molchi dalolatnoma asosida qarzini to‘lasa-da, elektr ta’minoti korxonasi MIBga yana xabarnoma kiritgan.
O‘rganishlarda mazkur muammo hal etilib, iste’molchining to‘lov kvitansiyalari asosida qayta hisob-kitob amalga oshirildi. Natijada iste’molchi ikki marotaba pul to‘lashdan xalos bo‘ldi.

Shavkatjon Saidov,
Yozyovon tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi