Zamonaviy diplomatiyada “yumshoq kuch” siyosati (+video)
XXI asrda davlatlar o‘rtasidagi raqobat faqat harbiy yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanmayapti. Ekspertlar fikricha, bugungi globallashuv davrida ta’sir o‘tkazishning eng samarali vositalaridan biri — “Soft power”, ya’ni joziba va ishonch orqali ta’sir qilish strategiyasi mavjud.
Ma’lumki, zamonaviy diplomatiyada madaniyat eksporti, ta’lim almashinuvi va global media platformalar davlat imijini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Madaniyat va ta’lim uzoq muddatli strategik investitsiya bo‘lsa, media esa tezkor ta’sir vositasidir. Raqamli asrda axborot maydonida “hukmronlik” qilish kuch-qudratning asosiy vositasiga aylanayotgandek. Shu bois, “yumshoq kuch” siyosati bugun geosiyosiy kurashning eng nozik, ammo samarali shakliga aylanib bormoqda.
Ushbu mavzuni atroflicha yoritish maqsadida O‘zA muxbiri filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimov bilan suhbatlashdi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5RBKNcVTCNc" title="Zamonaviy diplomatiyada “yumshoq kuch” siyosati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA