Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy didaktik vositalar bilan ta’minlandi
14:38 / 2026-01-20

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim sifatini oshirish hamda ilk yoshdan intellektual va ijodiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida  bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyatidagi 7 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Jondor, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida faoliyat yuritayotgan “Ilk rivojlanish markazlari”ga jami 41 turdagi didaktik materiallar va rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar yetkazib berildi.

– Ushbu ta’limiy resurslar bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlangan bo‘lib, ular orqali tarbiyalanuvchilarda nutq rivoji, mayda qo‘l harakatlari, mantiqiy fikrlash, ijtimoiy moslashuv, mustaqil qaror qabul qilish hamda ijodiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi, – deydi Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Murodillo Farmonov.

Shuningdek, “Ilk rivojlanish markazlari”da yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti orqali bolalarni erta rivojlantirish, ularning qobiliyat va qiziqishlarini aniqlash hamda individual yondashuv asosida ta’lim berish imkoniyatlari yanada kengaymoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.