Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy bogʻcha qurish uchun 3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi
19:01 / 2019-02-25

Surxondaryo viloyatida maktabgacha taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi.


Surxondaryo viloyatida maktabgacha taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi.

Termiz tumani Tinchlik mahallasida “Termiz trans gold” MCHJ tomonidan “Kamalak” maktabgacha taʼlim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Ikki qavatli zamonaviy binoni barpo etish uchun 3 milliard 823 million soʻm mablagʻ sarflandi.

– Bunda tijorat banki ham bizni moliyaviy qoʻllab-quvvatlagani qoʻl keldi, – deydi “Termiz trans gold” MCHJ rahbari F.Xolmurodov. – 2 milliard 675 million soʻm imtiyozli kredit mablagʻi ajratdi. Bu qurilish ishlarini tez, sifatli bajarib, xonalarni zamonaviy usulda jihozlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Muhtasham binoning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari R.Choriyev va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod kamoloti yoʻlida koʻrsatilayotgan eʼtibor oʻgʻil-qizlarni har tomonlama barkamol voyaga yetkazishda yuksak samaralar berayotganini alohida taʼkidladi.

120 oʻringa moʻljallangan “Kamalak” nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida 16 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

– Bolalarga oʻzbek tili bilan birga rus, ingliz va nemis tillarini chuqur oʻrgatishni rejalashtirganmiz, – deydi muassasa mudirasi M.Roʻziyeva. – Besh mahal issiq ovqat bilan taʼminlaymiz. Men Germaniya, Isroil kabi davlatlarda boʻlib, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishib qaytganman. Shu soha boʻyicha xorijning maxsus sertifikatlariga egaman. Ishimizga ilgʻor xorijiy tajribani ham joriy etishni moʻljallayapmiz. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan.