Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy bilim, imkoniyat va tajriba
15:18 / 2023-02-23

FOTOREPORTAJ

Bugun mamlakatimiz tibbiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash va sifatli ta’lim berishda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining alohida o‘rni bor.

Xususan, hozirda institutning davolash ishi fakulteti talabalari USMLE ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olmoqda. Ma’lumki, ushbu dastur uch bosqichdan iborat bo‘lib, barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar AQSHda shifokor bo‘lib ishlash litsenziyasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.  

[gallery-10680]

- bugungi kunda institutda mazkur ta’lim dasturi asosida 600 nafarga yaqin talabalarga dars berib kelmoqdamiz, - deydi xorijiy kafedra o‘qituvchisi Shohruh Suyarov. - Deyarli barcha adabiyotlar ingliz tilida bo‘lib, bu talabalarimizning ushbu tilda bilim va ko‘nikmalarini oshirishiga xizmat qiladi.  

- Sog‘liqni saqlash, jumladan, tibbiy oliy ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish ustuvor vazifaga aylangan, - deydi institutning yana bir o‘qituvchisi Denis Abduvaliyev. - Institutimiz dunyoda tan olingan The United States Medical Licensing Examination (USMLE) ta’lim dasturi asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan yurtimizdagi yagona oliygoh hisoblanadi. Talabalarning jahon standartlari asosida bilim olishlari uchun simulyatsion markaz,  ilmiy-amaliy laboratoriyalarda zaruriy sharoitlar yaratilgan.  

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA