Zamonaviy beshkurashchilarimiz Markaziy Osiyo kubogida muvaffaqiyatga erishdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin, kumush va bronza, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. U-19 yosh toifasida Aleksandr Kukuanudis 1136 ball bilan Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillarini ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi. Ushbu yosh toifasida kechgan bahslarda hamyurtlarimiz Samira Abzalova oltin, Kira Soy kumush medalga ega chiqdi.
Mazkur yosh toifasidagi jamoaviy dasturda Aleksandr Kukuanudis, Asliddin Baxtiyorov, Azizbek Mo‘minovdan iborat yigitlarimiz hal qiluvchi bahsda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarida o‘z omadini sinab ko‘rgan Samira Abzalova uchinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, yigitlarimiz kattalar toifasida bronza medali bilan taqdirlandi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
T. Ro‘ziyev, O‘zA