Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy ayol – har jabhada faol
18:15 / 2016-03-30

“Turkiston” saroyida “Yilning tadbirkor ayoli» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Turkiston” saroyida “Yilning tadbirkor ayoli» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi G.Mahmudova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Tijorat banklari tomonidan ishbilarmon xotin-qizlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar miqdori yil sayin oshib bormoqda. 2015-yilda ayollar rahbarligidagi ishlab chiqarish tarmoqlariga 1,2 trillion so‘mdan ziyod, kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 51 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘i yo‘naltirilgani opa-singillarimizning jamiyat hayotida munosib o‘rin topishiga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Ko‘rik-tanlovda tumanlarda g‘olib bo‘lgan o‘n bir nafar tadbirkor ayol qatnashdi.

Olmazor tumani «Epli kelin» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘quv kursi rahbari Dilfuza G‘aniyeva birinchi o‘ringa loyiq topildi. Ikkinchi o‘rin Shayxontohur tumani «Zep media» korxonasi rahbari Noiba Karimjonova va Mirobod tumani «Intellekt-b» o‘quv markazi rahbari Mukarram Nuriddinovaga nasib etdi. Yunusobod tumani «Jasmin fito pharma» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rayhona Normamatova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

– Men o‘z faoliyatimni 2009-yili boshlaganman, – deydi «Epli kelin» mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘quv kursi rahbari Dilfuza G‘aniyeva. – Bizning korxonamizda bo‘lg‘usi kelinlarga kashtachilik, to‘quvchilik, qandolatchilik, uy hamshirasi, sartaroshlik kabi hunarlarni o‘rgatish bilan birga, turmush qurish ostonasidagi qizlarga kelinlik odobi, farzand tarbiyasi haqida psixolog maslahatlari ham beriladi.

Tadbir doirasida tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar taqdimoti, tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.