Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy Axborot-resurs markazi foydalanishga topshirildi
10:46 / 2025-11-18

Sirdaryo viloyatidagi Guliston davlat universitetida 600 o‘ringa mo‘ljallangan yangi innovatsion Axborot-resurs markazi (ARM) rasman ishga tushirildi. Yangi markaz talabalarning ilmiy tadqiqotlari, mustaqil o‘qishi va bilim olish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov va Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Qarshiboyev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov markazda kitobxonlik tanlovlari hamda “Quvnoqlar va zukkolar” kabi bellashuvlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi. Uning fikriga ko‘ra, bunday innovatsion maskanlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Axborot-resurs markazining kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar uchun qulay interer va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyev markazning imkoniyatlari haqida so‘zlab, uning zamonaviy ta’lim va ilmiy izlanishlardagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. U ta’kidlashicha, Axborot-resurs markazi talabalarning mustaqil tadqiqotlari va kitobxonligi, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni xalqaro standartlarga mos mutaxassislar sifatida tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri