Namangan shahri bugunda ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan. Ayni vaqtda viloyat markazidagi “Lola” dahasida joylashgan “Jahon bozori” hududida qo‘p qavatli avtoturargoh qurilishi davom etmoqda.
“Asr Steel Group” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan barpo etilayotgan mazkur zamonaviy avtoturargohning loyiha qiymati 30 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirga qadar qurilish ishlarining 80 foizi bajarildi. Jami 400 avtomobil sig‘imiga ega bo‘lgan ushbu binoning birinchi qavatida avtoehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi shoxobchalar joy olgan.
Qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov bunday istiqbolli loyihalar Namangan viloyati infratuzilmasi, taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga boshqa bozorlar atrofida ham shunday zamonaviy avtoturargohlar barpo etish yuzasidan zarur topshiriqlar berdi.
[gallery-26503]
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.