French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy avtoshohbekat foydalanishga topshirildi
13:16 / 2025-10-23

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yangi avtoshohbekat foydalanishga topshirildi. Ushbu yirik infratuzilma loyihasi viloyat transport tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga qulay va zamonaviy yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida barpo etildi.

Yangi avtoshohbekat bir vaqtning o‘zida 950–1000 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Bekatning ishga tushirilishi bilan M–41 xalqaro avtomagistral yo‘nalishidagi 7 ta tuman aholisi uchun transport xizmatlari yanada qulay va keng imkoniyatlar bilan xizmat ko‘rsatishi ta’minlandi. Bu esa Termiz shahriga kirish-chiqish jarayonlarini yengillashtirib, yangi yo‘nalishlarning tashkil etilishiga zamin yaratadi.

[gallery-25877]

Zamonaviy avtoshohbekatning ishga tushishi viloyat miqyosida nafaqat transport infratuzilmasining rivojlanishiga, balki iqtisodiy faollik va ijtimoiy qulayliklarning oshishiga ham xizmat qiladi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yo‘lovchilar xavfsizligi, xizmat sifati va harakat jadalligi yangi darajaga ko‘tarildi.

 Yangi avtoshohbekatning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA