Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“ZAMIN” FONDI: Sardobaliklar imtiyozli dam olish imkoniyatiga ega boʻldi
20:57 / 2020-06-11

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi 22 sanatoriy dam olish uchun fuqarolarni qabul qila boshladi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi 22 sanatoriy dam olish uchun fuqarolarni qabul qila boshladi.

”Zamin” fondining imtiyozli yoʻllanmalari bilan sihatgohlarga kelgan dastlabki dam oluvchilar “Sardoba” suv ombori fojiasidan jabr koʻrgan Sirdaryo viloyati aholisi boʻldi.

photo_2020-06-11_20-52-32.jpg

Sihatgohlarda shifokorlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan faoliyat olib borishayotgan boʻlsa, dam oluvchilar ham karantin tartibining barcha qoidalariga rioya etib, hordiq chiqarmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, sirdaryolik jami dam oluvchilar 966 nafardan iborat boʻlib, ular poytaxtimiz, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi eng xushmanzara hamda namunali sanatoriylarda joylashtirildi.

photo_2020-06-11_20-52-32.jpg

Xususan, Toshkent shahridagi “Chinobod” sanatoriysida 227 nafar, Toshkent viloyatidagi “Botanika” sanatoriysida 245 nafar, “Boʻston” sihatgohida 202 nafar, “Umid gulshani” sanatoriysida 65 nafar, “Qoʻhinur” sihatgohida 99 nafar, Sirdaryo viloyatining “Yangiyer” sihatgohida esa 128 nafarni tashkil qiladi.

– Hammaga katta rahmat, – dedi Mirzaobod tumanining “Haqiqat” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladigan, “Chinobod” sanatoriysida dam olayotgan Xayriniso ona Boyqulova. – Baraka topishsin, biz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Muolaja va ovqatlarga gap yoʻq. Barcha shifokor va hamshiralar yonimizda parvona. Yoshim 90 dan oshgan. Sardobadagi falokatdan keyin koʻpgina odamlar borib, holimizdan xabar olishdi. Hatto davlatimiz rahbari ham keldi. Mingdan-ming rahmat, gʻamxoʻrlik boʻlsa, shunchalik boʻladi-da. Mana, bir necha kun boʻldi, shu yerda dam olayapmiz.

photo_2020-06-11_20-52-36.jpg