FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Zamin” fermer xo‘jaligi paxtakorlari tumanda birinchi bo‘lib zafar quchdi. Erta bahorda 46,5 gektar maydonga Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostiga ekilgan “Xin Lu Zao 78” navli urug‘lik chigit o‘z vaqtida va sifatli tashkil qilingan agrotexnik tadbirlar sabab mo‘l hosilga kirdi. Xomashyo to‘liq paxta terish mashinasi yordamida o‘n ish kunida yig‘ishtirib olindi. 243 o‘rniga 245 tonna paxta topshirilib, hosildorlik 55 sentnerga yetkazildi.
[gallery-25405]
– Tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yganimiz yaxshi samara berdi, - deydi “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni sohibi, xo‘jalik rahbari Hoshimjon Ibrohimov. – 33 gektarda tomchilatib sug‘orishni joriy etganimiz uchun yer solig‘idan ozod bo‘ldik, elektrdan subsidiya ajratildi, kreditning 50 foizi subsidiya sifatida qoplab berildi, ishchi kuchi 70 foizga qisqardi. O‘tgan yili 45 kishi ishlagan bo‘lsa, bu yil 4 nafar pudratchi, 3 nafar mexanizator, 3 nafar suvchi bilan ishladik. O‘g‘it 40 foiz, dizel yonilg‘isi 80 foizga kamaydi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA