Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamburug‘lardan himoya qiluvchi paypoq yaratildi (+video)
10:29 / 2025-09-09

“Ixtiro”

Bugungi kunda issiq o‘lkalar, jumladan Respublikamizda ham yoz faslida inson tanasining ko‘p terlashi natijasida turli zamburug‘li kasalliklar va noxush hidlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ayniqsa, oyoqlarda uchraydigan onixomikoz kabi kasalliklar mikroorganizmlar ta’sirida rivojlanadi.  

O‘zbek olimlari tomonidan mazkur muammoga yechim izlanib, kumush nanozarrachalari asosida bakteritsid materiallar ishlab chiqish texnologiyasi yaratildi. Kumush nanozarrachalari o‘zining kuchli antibakterial va antifungal xususiyatlari bilan tanilgan bo‘lib, ular 700 dan ortiq bakteriya, zamburug‘ va viruslarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.  

Yurtimiz olimlari ilk bor nanotexnologiya prinsiplarini qo‘llagan holda, tarkibida kumush nanozarrachalari bo‘lgan maxsus eritma yordamida paxta tolalaridan tayyorlangan bakteritsid paypoqlar ishlab chiqish usulini ishlab chiqdilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu mahsulotlar hatto bir necha marta yuvilgandan keyin ham o‘z antibakterial ta’sirini saqlab qoladi.  

Natijada, nafaqat terlash va noxush hidlarning oldi olinadi, balki bakterial va zamburug‘li kasalliklardan himoya ham ta’minlanadi.  

Ishlanma bo‘yicha №IAP05250 raqamli patent olingan hamda ishlab chiqarish korxonasi bazasida yo‘lga qo‘yilgan.  

Yangi texnologiya asosida ishlab chiqariladigan paypoqlar sifatli, arzon va import o‘rnini bosuvchi bo‘lishi bilan birga, keng iste’molchilar uchun mo‘ljallangan. Shu orqali mahalliy bozorda sog‘lom turmush tarziga hissa qo‘shuvchi innovatsion mahsulot paydo bo‘ldi.

Batafsil “Ixtiro” dasturida:

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/s0bOICHQ6I0?si=1ubPla72CNfa6IkG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, A.Alijonov, U.To‘xtayev, O‘zA