French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zakovatli yoshlar bellashuvi
23:05 / 2022-10-11

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi maktablar ishtirokida “Zakovat” o‘yinining respublika bosqichi tashkil etildi.

Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning jami 26 ta terma jamoasi ishtirok etdi. Har bir jamoa 7 nafar ishtirokchidan iborat bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida haftaning har seshanba kuni “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda. Unda o‘quvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etmoqda.

Ushbu o‘yinlarda eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar ishtirokida har bir maktab kesimida terma jamoalar shakllantirilgan bo‘lib, ular ayni damda o‘yinning final bosqichida ishtirok etdilar.

[gallery-9108]

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi tegishli qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi maktablarda “Zakovat” klublari tashkil etilgan.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv dargohlarining yoshlari ishtirokidagi "Zakovat" o‘yini g‘oyat qiziqarli, zavqli kechdi.

Intellektual bellashuv yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin - Namangan shahridagi Prezident maktabiga nasib etdi. 2-o‘rin Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga, 3-o‘rin Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga berildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shu bilan birga “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan g‘olib jamoa a’zolariga bir yil davomida “Zakovat” stipendiyasi to‘lab berilishi ham ko‘zda tutilgan.

N.Usmonova, Davron Ernazarov (suratlar), O‘zA.