"Zakovat"da zakovatlilar kuch sinashdi
Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat FVB, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jami 12 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.


Qizg‘in va o‘zaro bahs-munozaraga boy tarzda kechgan intellektual o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Shirin shahar FVB jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Sirdaryo tuman FVB jamoasiga nasib etdi. 1-o‘rinni "Sirdaryo IES" AJ jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri