Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zakovat”da Navoiy dahosiga ehtirom ko‘rsatildi
15:36 / 2026-02-07

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan eng bilimdon, zukko yosh xodimlar o‘rtasida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar buyuk shoir, mutafakkir, davlat arbobi Navoiy hayoti va ijodi, asarlari, milliy qadriyatlar va tarixiy shaxslarga oid savollarga atroflicha javob berdi. 

Jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalari, tezkor fikrlashi va bilim darajasini namoyish etdi. 

Bellashuv yakunida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari jamoasiga nasib etdi. Mudofaa vazirligining Janubiy operativ qo‘mondonligi yosh harbiy xizmatchilari uchinchi o‘rinni egalladi. 

G‘olib jamoalarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA