Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zakovat”da eng zukko jamoalar aniqlandi (+video)
18:50 / 2025-12-09

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya faxriylari, gvardiyachilar, ta’lim muassasalari kursant, talaba va o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat intellektual” turniri bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi "Zakovat arena"da ishtirokchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan turnirda 24 ta jamoa ishtirok etib, o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

2 raunddan iborat bo‘lgan o‘yin davomida 12 tadan, jami 24 ta konstitutsiya, O‘zbekiston va jahon tarixi, korrupsiya, jadidchilik kabi mavzularda savollar o‘rtaga tashlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 3-o‘ringa “Qalqon”, 2-o‘ringa talabalardan tashkil topgan “Aura” jamoalari munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Jamoat xavfsizligi universitetining “Favorit” jamoasi qo‘lga kiritdi.  

Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan “Zakovat intellektual” turniri g‘oliblari diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/f5-dUvYbhb8" title="“Zakovat”da eng zukko jamoalar aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, U.To‘xtayev (montaj), O‘zA