Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Zakovat" turnirining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazildi
17:41 / 2024-09-24

Ma’lumki, mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida madaniyat va san’at yo‘nalishida yoshlar ovozi va yosh musavvirlar loyihalari, sport yo‘nalishida 12 ta sport musobaqasi tashkil etiladi.

Shuningdek, kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida 5 ta loyiha, xususan, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Yosh kitobxon”, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Ibrat” chet tillari bo‘yicha tanlov va loyihalar o‘tkazilmoqda.  

Yoshlar ishlari agentligi hamda "Zakovat" intellektual klubi bilan hamkorlikda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Zakovat" intellektual turnirining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkazildi.  

Ushbu bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 3 ta jamoa turnirning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.  

Turnirning Respublika bosqichi g‘olib jamoalariga bir o‘quv yili davomida "Zakovat stipendiyasi" to‘lab boriladi. Shu bilan birga, to‘lov shartnoma asosida davlat oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA