"Zakovat": “Mustaqillik kubogi” g‘oliblari taqdirlandi
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 yanvardagi "Zakovat" intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida respublikamiz bo‘ylab “Zakovat” intellektual o‘yini aholi o‘rtasida keng ommalashmoqda.

Shunga ko‘ra, poytaxtimizdagi "Zakovat" arenasida vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida ushbu intellektual o‘yin bo‘yicha "Mustaqillik kubogi" bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ularning yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning bilim darajasi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi “Mustaqillik kubogi” g‘olibi deb topildi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA