“Zakovat” klubi va O‘zNNTMA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
So‘nggi vaqtlarda “Zakovat” klubi aholini intellektual o‘yinlar bilan yanada kengroq qamrab olish maqsadida turli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Xuddi shu maqsadda “Zakovat intellektual klubi” hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga muvofiq, hamkorlik doirasida kelgusida Assotsiatsiyaga a’zo tashkilotlar xodimlari uchun Klub tomonidan turli intellektual o‘yinlar tashkil etish va bu orqali xodimlarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmasi hamda intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Umuman olganda, mazkur hamkorlik NNTlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va intellektual muhitni shakllantirishga yordam beradi. Natijada, tashkilotlar faoliyati yanada samarali va mazmunli bo‘ladi.
O‘zA