"Zakovat" – iqtidor egalarining maydoni
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
Unda “Xiyobon oqshomlari”, “Onajonim” she’riyat to‘garagi, “Zulfiyaxonim qizlari” klubi a’zolari, yosh ijodkorlar, kitobxon va ko‘ngilli xotin-qizlar faol ishtirok etdi.
Adabiyot shunday olamki, unda kitobxon bilgani sari hali bu mo‘’jizakor so‘z san’ati dunyosining bor jozibasi va go‘zalligidan yanada ko‘proq bahramand bo‘lishni istaydi.
Adabiyot musobaqasida ishtirokchi ijodkorlar jahon va milliy so‘z san’atimizga oid bilimlari naqadar keng va chuqur ekanini yana bir karra namoyish etdi.
[gallery-27951]
Qiziqarli o‘tgan bellashuv yakunida “Zulfiyaxonim izdoshlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
N.Usmonova,
O‘.Hayitov (surat), O‘zA muxbirlari