English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zakovat” intellektual yuksalishni ta’minlaydi
11:58 / 2025-10-27

Bugungi kunda “Zakovat” intellektual o‘yinlari yurtimizdagi barcha kasb egalari o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

“Zakovat” o‘yinlarini ichki ishlar tizimi xodimlari o‘rtasida o‘tkazish ular uchun ham qator foydali jihatlarga ega.

Shu maqsadda "Zakovat arena"da IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi.

70 dan ziyod jamoa bilim, fikrlash tezligi va jamoaviy hamjihatlikda bellashdi. Bu jarayonda har bir ishtirokchi o‘zining aql-idroki, e’tibori va eng muhimi intizom va sobitqadamlikni namoyon etdi.

Keskin va qizg‘in ruhda kechgan final bosqichida kursantlar savollarga nafaqat bilim asosida, balki mantiqiy tahlil va jamoaviy maslahat orqali javob berdi. Bu esa ularning kelgusida kasbiy faoliyatida ham tezkor fikr yuritish va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi.

G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga maxsus kubok topshirildi.

Bunday intellektual tadbirlar ichki ishlar tizimida bilimli, ma’naviy yetuk va tashabbuskor kadrlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA