English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Zakovat» intellektual o‘yinlarining «Vazirlik kubogi» respublika turniri bo‘lib o‘tdi
11:02 / 2021-10-22

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularda mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yinlarining «Vazirlik kubogi» respublika turniri o‘tkazildi.

19-20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridan (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumta’lim maktabi «Zakovat» klubi faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish uchun markazlashgan to‘garaklarni tashkil qilish bo‘yicha tayanch maktablari, har bir jamoadan 6 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.   

Turnirning ilk kunida jamoa ishtirokchilariga «Jamoani shakllantirish», «Yosh o‘quvchilarga nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor «Yangi O‘zbekiston», «G‘alaba bog‘i»ga sayohat uyushtirildi.   

Turnirning 2-kunida «Zakovat» intellektual o‘yinlarining «Vazirlik kubogi» respublika turniri final bosqichiga start berildi. Qizg‘in kechgan bahslarda maktab o‘quvchilari o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Final bosqichi yakunida Toshkent shahrining “Irfon” jamoasi 1-darajali, Farg‘ona viloyatining 1-IDUMI jamoasi 2-darajali hamda Andijon viloyatining  “Diplomat” jamoasi 3-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.  

 Turnirda “Zakovat intellektual klubi” NNT direktori o‘quvchilarga mazkur o‘yinning shakllanishi va shu kungacha bosib kelingan yo‘li haqida tushuncha berdi.  Shu bilan birga o‘quvchilar orasida bu turnirni yanada kuchaytirish lozimligi va bu orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilmga bo‘lgan qiziqishini ortishiga xizmat  qilishini  alohida ta’kidladi. Respublika turniri yakunida g‘olib jamoalar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlandi.  

 

Fayzullo Yahyoyev,  O‘zA