English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari taqdirlandi
14:35 / 2022-10-12

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yiniga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

Sababi, qaror bilan bir qancha imtiyozlar belgilandi. Xususan, intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor, jumladan, 1-2-3-o‘rinlar bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinishi belgilab berildi. 



Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan bir oylik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab berilishi belgilab qo‘yilgan. 

Shuningdek, mazkur turnirning respublika bosqichi g‘oliblari, 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravar, 2-o‘rin 4 baravar, 3-o‘rin 3 baravar miqdorida bir yil mobaynida stipendiya bilan rag‘batlantirilib boriladi. 

Shunga ko‘ra, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy final bosqichi g‘oliblari ham munosib taqdirlandi. 

Birinchi o‘rin Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani 36-maktab, 2-o‘rin Samarqand viloyati Nurobod tumani 11-maktab va 3-o‘rin Samarqand viloyati Paxtachi tumani 12-maktab jamoasiga nasib qildi.

Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA