Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zakovat bahsida - notariuslar
16:14 / 2025-06-30

FOTOREPORTAJ

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan  notariuslar o‘rtasida shaxmat-shashka turniri  o‘tkazib kelinmoqda.

An’anaviy turnirning hududiy bosqichi bu gal iyun oyining 15 sanasiga qadar yakunlanib, erkak va ayol notariuslar orasidan shaxmat-shashka bo‘yicha eng kuchlilari saralab olingan edi. Ana shu g‘oliblar Farg‘onada kubok uchun yana bir bor bellashdilar.

Erkaklar o‘rtasida shaxmat taxtasi uzra kechgan murosasiz bahslar so‘ngida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidan notarius Alisher Abdunazarovning qo‘li baland keldi. Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan Akbar Allaberganov va andijonlik Odiljon Alimovga keyingi o‘rinlar nasib etdi.

Shashka bo‘yicha ayol notariuslar ham bo‘sh kelmadilar. Hakamlar havaskor shashkachilarning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yuksak baholadilar. Natijaga ko‘ra, Sirdaryo tumanidan notarius Zulfiya Norbo‘tayeva eng mohir shashkachi deb topildi. Xorazm viloyati  Gurlan tumanidan Zebo Rajabova va Navoiy viloyati  Konimex tumanidan Mavluda Hayitova 2- va 3-o‘rinlarni egalladi.  

[gallery-24101]

G‘oliblarga Notarial palataning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA