Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Zakovat Asian Cup II": O‘zbek yoshlari bilim maydonida zafar quchdi
15:25 / 2025-08-21

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan islohot va tashabbuslar bugun o‘z samarasini bermoqda.

Prezidentimizning «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dastur bo‘lmoqda. Qayd etilganidek, yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga jalb qilish, aholi orasida ma’rifatparvarlik muhitini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yoshlarimiz nafaqat respublika, balki xalqaro maydonda ham nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida “Zakovat Asian Cup II” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlaridan tuzilgan terma jamoalar kubok uchun kurash olib bordi.

Birinchi o‘yin 6:2 hisobi bilan yurtimiz jamoasi foydasiga yakunlandi. Ikkinchi bellashuvda ham yoshlarimiz zafar quchib, natijada O‘zbekiston terma jamoasi “Zakovat Asian Cup II” musobaqasi g‘olibi deb topildi. Shuningdek, tadbir doirasida turli madaniy-ma’rifiy dasturlar ham tashkil etildi.

“Zakovat Asian Cup II” da qo‘lga kiritilgan zafar yoshlarimizning intellektual kuch-qudrati, mantiqiy fikrlay olish mahorati va dunyo maydonida munosib raqobat qila olishini yaqqol namoyon etdi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA