Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahmatkash olim ibrati
11:12 / 2023-09-25

Tarixga oid izlanishlar teran tadqiqotni, keng va batafsil mushohadani, chuqur ilmiy, mantiqiy yondashuvni talab etadi. Tarixchi olim, akademik, yoshlarning jonkuyar ustozi, yurtimiz va xorijiy ilmiy doiralarda nom qozongan tadqiqotchi Ahmadali Asqarov ana shunday fidoyi insonlardan biridir.

Ahmadali Asqarov 1935 yili 25 sentyabrda Namangan viloyatining Norin tumanida tug‘ilgan. 

Olimning ilmiy tadqiqotlari ko‘lami g‘oyat kengligi diqqatga sazovordir. Ustoz tadqiqotchi qadimgi shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilikning shakllanishi, o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi, arxeologik manbalar, dolzarb tarixiy muammolar yechimi kabi g‘oyat qiziqarli, ham murakkab izlanishlar ustida ish olib bordi. 

Shu bilan birga, oriylar muammosi va uning tarixiy - arxeologik tahlili, arxeologiyaning ilmiy, uslubiy va nazariy masalalari, noyob arxeologik yodgorliklarni “Moviy osmon” ostidagi muzey‌ga aylantirish bobida ilmiiy-amaliy g‘oyalar ijodkoridir. 

Ayni paytda Ahmadali Asqarov akademik Yahyo G‘ulomov o‘zbek arxeologik ilmiy maktabining davomchisi, yoshlarning ilmiy, mafkuraviy, ma’rifiy va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda ibratli murabbiy sifatida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordi. 

Ilmiy izlanish olib bormoq igna bilan quduq qazimoqlik bilan barobardir. Tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarovning zahmatli izlanishlari elda qadr va e’tibor topdi. Ustoz tadqiqotchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ku‌rsatgan fan arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni, shuningdek, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibidir. 

Atoqli tarixchi-arxeolog olim Ahmadali Asqarov 600 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shu jumladan 18 ta monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari muallifi. Shulardan ilmiy asarlarning 60 dan ortig‘i xorijiy tillar - ingliz, fransuz, nemis, yapon, fors, xitoy tillarida, 200 ga yaqini rus tilida chop etilgan. 

Darhaqiqat, fidoyi olimning o‘z yurtiga, Vataniga, xalqiga mehri va sadoqati uning betinim ilmiy izlanishlarida, sermashaqqat tadqiqotlarida mujassam. Ayni jihatlar esa bugun yosh olimlar uchun har qancha ibrat bo‘lishga arzigulikdir. 

N.Usmonova, O‘zA