Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammad Boburni yod etib
09:21 / 2022-02-14

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida taniqli shoir, olim va ulug‘ sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, boburxonlik kechalari, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Tuman hokimligi, Ma’naviyat ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va madaniyat ishlari bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan kechada taniqli adabiyotshunoslar, mahalliy yozuvchi, shoir va jurnalistlar, jamoatchilik vakillari, o‘quvchi-yoshlar, san’at va adabiyot shaydolari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari taniqli adabiyotshunos olim Dilnoza Fozilovaning Boburning hayot yo‘li, ijodi va “Boburnoma” asari to‘g‘risidagi ma’ruzasini katta qiziqish va e’tibor bilan tingladi.

G‘allaorol shahrida joylashgan 16-, 25-, 44- va 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari shoir ijodiga mansub g‘azallardan namunalarni o‘qib berdi. Kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA