Zahiriddin Muhammad Boburni eslab... (+video)
Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy ijodning rang-barang janrlarida qalam tebratgan buyuk siymodir. Uning barakali ijodi asrlar mobaynida tarixning yorqin sahifalarini tashkil qilib kelmoqda. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Bobur yurgan yo‘llarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Boburshunos olimlar, san’atkorlar, manbashunoslar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, ishtirokchilarga Zahiriddin Muhammad Boburshohning faoliyati, rahbarlik qobiliyati, ijodidagi rang-baranglik, bugungi kungacha yetib kelgan merosi haqida fikr yuritdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida tarixiy arboblarimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitib, alohida mas’uliyat va g‘urur bag‘ishlashi aniq.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WHlirKNMwYA" title="Zahiriddin Muhammad Boburni eslab..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA