Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda (+video)
16:14 / 2026-02-16

Buyuk bobokalonimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy qismida ham harbiy xizmatchilar, talaba va o‘quvchi yoshlar ishtirokida Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida ma’ruzachilar tomonidan Boburning bolalik yillari, murakkab siyosiy vaziyatda voyaga yetgani, yoshligidanoq jasorat va qat’iyat namoyon etgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uning harbiy-siyosiy maydonga kirib kelishi, Movarounnahr va Hindistondagi yurishlari, shuningdek davlat boshqaruvidagi islohotlari alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida bobokalonimizning go‘zal ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Sahna ko‘rinishlarida Bobur hayotining muhim lavhalari jonlantirilib, uning Vatanga muhabbati, ilm-fanga hurmati va adolatparvarlik g‘oyalari yoshlar uchun ibrat sifatida namoyon etildi.

Tadbir ishtirokchilari Bobur merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani ayniqsa, harbiy xizmatchilar uchun jasorat, matonat va sadoqat namunasi ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Cvst4TfWv-E" title="Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA