Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qisqa metrajli film suratga olinmoqda
17:40 / 2020-11-02

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Inson” kinostudiyasi tomonidan “Yoʻlbarsning tugʻilishi”, nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi.


“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Inson” kinostudiyasi tomonidan “Yoʻlbarsning tugʻilishi”, nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, film ssenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur film temuriyzoda Zahiriddinning tugʻilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida. Umarshayx Mirzoning oʻgʻil farzand koʻrish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bogʻliq tarixiy voqealar filmda badiiy toʻqimalar yordamida ochib beriladi.

“Yoʻlbarsning tugʻilishi” tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona Oʻljayeva, Maʼruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro qilmoqda.