Shu kunlarda Jizzax viloyatining qaysi hududiga bormang, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston – yashil makon hududida birgalikda yashaymiz!” g‘oyasi asosida Zafarobod tumani yoshlari ham ushbu umummilliy loyihada faol qatnashish maqsadida “Yoshlar bog‘i”ni tashkil etishga kirishdi. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida 600 nafardan ziyod zafarobodlik yosh yigit-qizlar kuzgi ko‘chat ekish mavsumida ishtirok etmoqda.



Tadbirda Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Zafarobod tuman hokimi O‘ktam Rahmonov, Yoshlar ishlari agentligi vakillari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Mazkur bog‘dagi ko‘chat ekish ishlarida volontyorlar, mahalla yoshlari yetakchilari, nuroniylar ishtirok etib, pavloniya, chinor, yapon sakurasi, qayrag‘och, kashtan, archa kabi 1000 tup manzarali ko‘chat ekishdi.


E’tiborlisi, har bir yoshga, ekilgan nihollarni parvarish qilish vazifasi ham yuklatildi.
<iframe width="654" height="1163" src="https://www.youtube.com/embed/pDv2Hn_kIMs" title="Zafarobodda “Yoshlar bog‘i” bunyod etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov,
O‘zA muxbiri(surat, video).