Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
09:35 / 2024-03-06

Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan sessiyada viloyat hokimi keyingi yillarda   tumanda olib borilgan ishlar, yutuqlar barobarida islohotlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tanqidiy tahlil qildi.  

Sessiyada Ergash Saliyev Zafarobod tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod – G‘ayratjon Eshpo‘latovni tanishtirdi.

G‘ayratjon Eshpo‘latov shu vaqtgacha Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Viloyat hokimining G‘ayratjon Eshpo‘latovni Zafarobod tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri