Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zafar muborak, qorako‘llik g‘allakorlar
15:17 / 2022-06-20

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joriy yil 5 ming 626 gektar maydonga g‘alla ekildi.

Ikki haftadan ortiqroq muddatda mirishkor dehqonlar 13 ming 794 tonna hosilni davlatimiz xirmoniga topshirishdi.

G‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini sifatli tashkil etish uchun soha vakillari 16 ta otryadga birlashib mirishkorlarga ko‘makdosh bo‘ldi. “G‘alla – 2022” mavsumida “Chovli”,“Quvvacha”, “Mallaishayx”, “Qozon” va “Qorako‘l” hududlari boshqalarga namuna bo‘ldi. Mazkur hududlarda faoliyat olib borayotgan “Barhayot Yo‘ldosh paxtakor”, “Kamola Mirjalol bog‘i”, “Erkin go‘jali paxtakor”, “Zokir Bebutov g‘allakor”, “Begandik”, “O.Norqul ota”, “Kamolbek – 2015”, “Yashin”, “Buyuk Vaxm zamini”, “Ahmad Olim paxtakor” kabi fermer xo‘jaliklari o‘zlarining zalvorli g‘alla rejalarini yuz foizga uddalashdi. Ular 85 sentnergacha hosil olishdi. 

Qorako‘l azaldan mirishkor g‘allakor va usta bobodehqonlar yurti. bugungi kunda ham bu ezgu an’ananing munosib vorislari bo‘lgan fermerlar joriy yilgi yutuqlar sarhisobidan mamnun bo‘lib, ertangi kun istiqboli umidida ulkan orzu-maqsadlar bilan yangi marralar sari intilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA